CTL Eurocollege

Nima uchun CTL Eurocollege va Kipr?

  • 1966 yilda tashkil etilgan
  • Tan olingan sifatli ta’lim
  • Xalqaro ta’lim va talabalar almashinuv dasturlari mavjudligi
  • Xizmatlar qulayligi
  • Yevropa Ittifoqi a’zosi
  • Ta’lim va biznes markazi
  • Ingliz tili asosiy biznes tili hisoblanadi
  • Do’stona va havfsiz tashqi muhit
  • Yashash  xarajatlarining arzonligi
  • Talabalar vizasining kafolatlanganligi

CTL Eurocollege Kiprning janubiy qirg’og’idagi jozibador Limassol shahrida joylashgan.Bu  turizm sohasi rivojlangan Kiprning kattaligi bo’yicha  2-chi shahardir.

Dastur yo’nalishlari:

  • Biznes
  • Mehmonxona xo’jaligi va turizm
  • Huquq
  • Kompyuter texnologiyalari
  • Ma’muriy boshqaruv

Ta’lim dasturlari

Мagistratura (Kunduzgi 1yil, Sirtqi 2  yil)

  • Ma’muriy boshqaruv faoliyati

Bakalavriyat (4 yil)

  • Biznes boshqaruv faoliyati
  • Mehmondo’stlik faoliyatida boshqaruv
  • Buxgalteriya hisobi

Oliy ta’lim diplomi (3 yil.F.T)

  • Bank ishi

Diplom (2 yil F.T.)

  • Biznes boshqaruvi
  • Elektron Biznes
  • Marketing va jamoaviy aloqalar
  • Sayohat va turizm
  • Mehmonxona boshqaruvi
  • Kompyuter boshqaruvi
  • Biznes uchun Web-dizayn
    Kompyuter tizimi (grek tilifda taklif qilinadi)
  • Video o’yinlar ishlab chiqarish (grek tilifda taklif qilinadi)
  • Huquqshunoslik
  • Ma’muriy boshqaruv
  • Professional marketing
  • Buxgalteriya hisobi

Mutaxassislik imtihonlari

  • Marketing — CIM
  • Bank ishi
  • Buxgalteriya hisobi — ACCA, CAT
  • Mehmonxona boshqaruvi — A.H.L.A
  • Mehmondo’stlik boshqaruvi  — A.H.L.A
  • Sayohat va turizm- I.A.T.A.
  • Kompyuterlashtirish — Cisco Networking Academy

Ta’limni davom ettirish

CTL bakalavr dasturini muvafaqqiyatli tugatgan talabalarga MBA dasturini davom ettirishni taklif qiladi. Diplom(Associate Degree) dasturini tugatgan talabalar esa bakalvr dasturini davom ettirishlari mumkin.

Ta’limni ko’chirish dasturlari

CTL o’zining talabalari uchun Buyuk Britaniya, AQSH, Shveytsariya, Rossiya, Belgiya, Kanada, Yangi Zellandiya va boshqa davlatlarga ta’limni ko’chirish imkoniyatini beradi.

Talabalar almashinuv dasturlari

Bakalavr darajasi
• 2 yil CTL Eurocollege + 1 yil Yevropa Universitetlarida
• 2 yil CTL Eurocollege + 2yil Yevropa Universitetlarida yoki AQSH Universitetlarida

Magistr darajasi
• 4 yil CTL Eurocollege + 1 yil Yevropa Universitetlarida

Tayyorlov  kurslari

CTL ingliz tili yetarli bo’lmagan talabalar uchun bir yillik til kurslarini tashkil etadi, bu esa talabalarga nafaqat ingliz tilini or’ganish, balki tanlangan dasturga qabul qilinish uchun ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Agar talabada ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat bo’lmasa, talabaga ingliz tilidan test topshirishi kerak bo’ladi. Testdan muvaffaqqiyatli o’tgan talabalar o’zlari tanlagan dasturda ta’limni boshlashlari mumkin.

Erasmus+

CTL Erasmus+ stipendiyalik talabalar almashinuvi dasturi a’zosi bo’lib hisoblanadi va talabalar butun Yevropaning hamkor oliy ta’lim yurtlarida ta’lim olishadi. Ushbu dastur talabalarga o’zlari ta’lim olayotgan sohalarida bebaho xalqaro tajriba ega bo’lish imkoniyatini beradi.

Talabalar uchun chegirmalar

Ta’lim davomida yuqori akademik darajaga ega bo’lgan talabalarga ta’lim yilining birinchi/ikkinchi /uchinchi ta’lim yillari uchun 25% gacha chegirmalar taklif etiladi.

Yashash

CTL Eurocollege talabalarga qulay narxlarda alohida yoki bir nechta talabalar bilan birga yashash uchun turar joy topishga yordam beradi. Migratsiya bo’limi talabalardan ijaraga beruvchi bilan o’zaro shartnoma bo’lishini talab qiladi.

Ta’lim va ish

Chet elliklar va immigratsiya qonuniga asosan №184 (I)/2007, o6 oy  Kiprda yashab va kunduzgi ta’limda ta’lim olayotgan talabalarga, o’qishdan tashqari haftasiga 20 soat va bayramlar davomida esa haftasiga 38 soat ishlash ruhsat  beriladi.

*Ta’lim narxlari bo’yicha konsultantlarimizdan aniqlishtiring.